O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlov eʼlon qiladi!

29/03/2021
34

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlov eʼlon qiladi!

🔖 Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag’larini respublika bo’yicha barcha nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari quyidagi yo’nalishlardagi qo’lga kiritishlari mumkin:

– Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ta’lim muassassalaridagi yoshlar bilan ishlash;

– Yoshlar o‘rtasida innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish;

– Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;

– Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

– Beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan loyihalar;

– Qishloq xo‘jaligida yoshlarni bandligini ta’minlashda yer maydonlari ajratish ishlariga ko‘maklashish;

– Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, bandligini ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish;

– Yoshlar o‘rtasida volontyorlikni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash;

– Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

📩 Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar Yoshlar ishlari agentligi aloqa pochtasi orqali va elektron tarzda 2021-yil 24-martdan 24-aprelga qadar qabul qilinadi.

🔰 Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy
E-mail: tanlov@yoshlar.gov.uz

Batafsil: https://yoshlar.gov.uz/uz/news/o%E2%80%98zbekiston-respublikasi-yoshlar-ishlari-agentligi-ijtimoiy-buyurtmalar-uchun-tanlov-e%CA%BClon-qiladi/