“Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida onlayn insho tanlovi

“Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida onlayn insho tanlovi

Maqola sanasi:05 Iyun 2020
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi yurtimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida insho tanlovini e'lon qiladi.
Mazkur tanlov talaba yoshlarda xalq diplomatiyasining mohiyatini keng tushunish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarni takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritish, shuningdek, ShHT mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar xalqlarining madaniyati, an'analari, dini va turmush tarzi bilan yanada yaqinroq tanishishda ajoyib ikoniyat yaratadi.
Tadbirda mustaqil va erkin fikrlovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yurtimiz yoshlarining iste'dodli vakillarini aniqlash, umuman, ijodkor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodning ijtimoiy faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Har bir ishtirokchi tanlovga bitta ish taqdim etish huquqiga ega va uni O‘zbekistondagi ShHT xalq diplomatiyasi markazining quyidagi elektron manziliga yuborishi mumkin: info@scocenter.uz
Tanlovni o‘tkazish va uning talablari haqidagi ma'lumot Markazning rasmiy quyidagi veb-saytida e'lon qilinadi: http://www.scocenter.uz. 
          Tanlovga taqdim etilgan insholar o‘z egalariga qaytarilmaydi.
Tanlov yakunida g‘olib topilgan eng yaxshi insholar ShHT xalq diplomatiyasi markazining qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari bilan taqdirlanadi hamda uning veb-saytiga joylashtiriladi.
 
Tanlov Tashkiliy ko‘mitasining aloqa ma'lumotlari:
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi
 
TOSHKENT 100100, BOBUR KO‘ChASI 45 UY
TEL.:   (+ 99871 )  202 – 08 – 60/62 
EL.POChTA:  info@scocenter.uz
VEB SAYT: www.scocenter.uz